Bugun ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent metrosida o`rindiqlardan elektr uchquni chiqayotgani aytilgan video tarqaldi.
Video davomida metro harakatlanayotgan vaqt o`rindiqlardan uchqunga o`xshash yorug`lik chiqayotgani aks etadi.
"Toshkent metropoliteni" DUK holat bo`yicha munosabat bildirdi.
Ma`lum bo`lishicha, bu hodisa yuzasidan o`rganish o`tkazilddi. Bu asosida "Chilonzor" yo`nalishi Sergeli yo`lida kechki vaqtda sodir bo`lgani hamda bu vaqtda metro yo`lidagi yoritish qurilmalarining vagon ventilyasiya yo`li orqali tushgan yorug`ligidir ya`ni hech qanday elektr toki uchquni emasligi aniqlangan.
"Shu o`rinda yo`lovchilar tomonidan o`rinsiz videolarni tarqatmaslikni so`rab qolamiz", — deyiladi xabarda.






