AsosiyJamiyat

Koreyaga ishga boruvchilar imtihoniga "shpargalka" olib kirmoqchi bo`lgan shaxs fosh bo`ldi

'Koreyaga ishga boruvchilar imtihoniga "shpargalka" olib kirmoqchi bo`lgan shaxs fosh bo`ldi'ning rasmi

2022 yil 31 oktyabrdan 4 noyabrgacha  Toshkent shahrida Koreyada shartnoma asosida mehnat faoliyatini muvaffaqiyatli tugatib, O`zbekistonga qaytgan fuqarolar uchun Inson resurslarini rivojlantirish xizmati tomonidan berilgan ro`yxatga asosan maxsus test imtihonlari o`tkazilmoqda.

Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi tomonidan imtihon qoidalarini buzish oqibatlari haqida ogohlantirilgan bo`lishiga qaramay, ro`yxatdan o`tgan fuqaro A.A. maxsus vositani testga olib kirishga uringanida agentlik xodimlari tomonidan ushlab qolingan.

Ushbu holat bayonlashtirilib, tegishli tashkilotlarga taqdim etilgan.

Ta`kidlanishicha, imtihon qoidalarini buzgan fuqaro 3 yil davomida ushbu imtihonda qatnashish imkoniyatidan mahrum bo`lishi hamda qonunchilikda belgilangan javobgarlikka tortilishi mumkin.

    Boshqa yangiliklar