AsosiyJamiyat

Maxsus test imtihonida boshqa fuqaro o`rniga kirmoqchi bo`lgan shaxs ushlandi

'Maxsus test imtihonida boshqa fuqaro o`rniga kirmoqchi bo`lgan shaxs ushlandi'ning rasmi

Koreya Respublikasida shartnoma asosida mehnat faoliyatini muvaffaqiyatli tugatib, O`zbekistonga qaytgan fuqarolar uchun Toshkent shahrida o`tkazilayotgan test imtihonida qoidalarni buzish oqibatlari haqida ogohlantirilganiga qaramay, ro`yxatdan o`tgan fuqaro M.F. o`rniga boshqa fuqaro kirishga uringan vaqtida Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi xodimlari tomonidan ushlab qolindi.

Ushbu holat bayonlashtirilib, tegishli tashkilotlarga taqdim etildi.

"Test imtihoni qoidalarini buzgan fuqaro 3 yil davomida ushbu imtihonda qatnashish imkoniyatidan mahrum bo`lishi hamda qonunchilikda belgilangan javobgarlikka tortilishi mumkinligi haqida yana bir bor ogohlantiramiz" deyiladi xabarda.
 

    Boshqa yangiliklar