AsosiyJinoyat

Oltiariqda aholi uchun ajratilgan jami 300,5 tonna ko`mir yoqilg`isini o`zlashtirgan shaxslar aniqlandi

'Oltiariqda aholi uchun ajratilgan jami 300,5 tonna ko`mir yoqilg`isini o`zlashtirgan shaxslar aniqlandi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Oltiariq tuman bo`limi tomonidan  tergovga qadar tekshiruv o`tkazildi.

Unda “K.t.” MChJ Farg`ona viloyati filiali So`x ko`mir ombori mudiri U.A. va boshqalar tumandagi 7 ta MFY uchun ajratilgan ko`mirni go`yoki aholiga etkazib berilganligi haqida soxta hujjatlarni rasmiylashtirishib, jami 300,5 tonna ko`mirni boshqa shaxslarga bozor narxida sotib yuborganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o`zlashtirish yoki rastrata yo`li bilan talon-toroj qilish) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.  
 

    Boshqa yangiliklar