Toshkent viloyati bo`ylab “Qoradori 2022” tezkor, profilaktik tadbirlarining ikkinchi mavsumida giyohvandlik bilan bog`liq ko`plab jinoyatlar fosh etilmoqda, deb xabar bermoqda IIBB Axborot xizmati.
Kuni kecha Bekobod shahar IIB, Jinoyat-qidiruv bo`limi tezkor xodimlari tomonidan, “O`zbekiston” MFYda o`tkazilgan tezkor tadbirda, o`zini shubhali tutayotgan 29 yoshli Tojikiston Respublikasi fuqarosi bo`lgan A.Sh. vaqtincha yashab kelayotgan xonadon, xolislar ishtirokida ko`zdan kechirilgan.
Natijada, xonadon yotoqxonada vazni 14,9 kg bo`lgan “gashish” giyohvandlik vositasi (sotish maqsadida saqlangan) borligi aniqlanib, daliliy ashyo sifatida rasmiylashtirilib olindi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan O`zbekiston Respublikasi JKning 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.






