Hukumat qarori bilan Rizaev Jasur Alimjanovich Toshkent davlat stomatologiya instituti rektori etib tayinlandi. Bu haqda Xushnudbek.uz xabar berdi.
Bungacha Jasur Rizaev Toshkent tibbiyot akademiyasi 3-klinikasi bosh shifokori hamda Toshkent vrachlar malakasini oshirish institutining 2-Stomatologiya kafedrasi mudiri lavozimlarida ishlagan.
Jasur Rizaev 1974 yili Toshkent shahrida tug`ilgan, tibbiyot fanlari doktori, dosent.
1996 yil Toshkent davlat tibbiyot institutini tamomlagan. 1998-2000 yillarda katta laborant, 2000-2007 yillarda assistent, 2007-2008 yillarda 1-TDTIda dosent, 2008-2011 yillarda Toshkent shahar Uchtepa tuman tibbiyot birlashmasida rahbar bo`lib faoliyat yuritgan.
2011 yildan buyon Toshkent tibbiyot akademiyasi 3-klinikasi bosh shifokori, 2016 yildan buyon Toshkent vrachlar malakasini oshirish institutining 2-Stomatologiya kafedrasi mudiri lavozimlarida ishlagan.
2006 yilda tibbiyot fanlari nomzodligi uchun, 2016 yili tibbiyot fanlari doktorligi uchun dissertasiyalarni himoya qilgan. 60 dan ortiq ilmiy ishlar muallifi.