Olimpiada o`yinlarida ishtirok etish bo`yicha jahon sport gimnastikachilari orasida rekord o`rnatgan o`zbekistonlik Oksana Chusovitinaga Malibu avtomobili sovg`a qilindi.
Bu haqda Chusovitinaning o`zi Instagram’dagi sahifasida ma`lum qildi, deya xabar beradi “Daryo.uz” nashri.
«Prezidentimizga, Milliy olimpiya qo`mitamizga va albatta Gimnastika federasiyamizga bunday kutilmagan sovg`a uchun rahmat!», — deb yozgan Chusovitina Malibu bilan tushgan suratlarini e`lon qilgan.
«Juda yoqimli ham kutilmagan sovg`a bo`ldi. Barcha o`zbekistonliklarni bayram bilan tabriklayman va eng yaxshi tilaklarni yo`llab qolaman», — deya qo`shimcha qildi Oksana Chusovitina.





