AsosiyJamiyat

Piskent tuman hokimi 1 trln so`mga ijaraga er olgani bo`yicha Zoir Mirzaevga tushuntirish berdi

'Piskent tuman hokimi 1 trln so`mga ijaraga er olgani bo`yicha Zoir Mirzaevga tushuntirish berdi'ning rasmi

 

Toshkent viloyati hokimligi Piskent tumani hokimi Rahimjon Rixsievning Ohangaron tumanidagi 397 gektar erni 1 trillion so`mga ijaraga olish huquqini qo`lga kiritgani bo`yicha rasmiy bayonot berdi. Bu haqda UzA xabar berdi. 
  
Unda aytilishicha, Piskent tuman hokimi o`z xatti-harakatlari yuzasidan viloyat hokimiga yozma ravishda tushuntirish bergan.

Rahimjon Rixsievga o`z faoliyatida duch kelayotgan noaniqlik yoki boshqa muammolarni yuqori turuvchi tashkilotlar, tegishli idoralar bilan birgalikda muzokara, muloqot shaklida, rasmiy kanallar orqali hal etish lozimligi uqtirilgan.
  
"Ayni paytda auksionda ijaraga qo`yilgan erlarning savdosi bo`yicha yuzaga kelayotgan muammolar, mavjud kamchiliklar va ularni bartaraf etish bo`yicha o`rganishlar boshlangan. Bu haqda keyinroq qo`shimcha axborot beriladi", — deyiladi rasmiy bayonotda.

 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar