AsosiyJamiyat

Yo`ldagi ta`mirlash ishlari sabab haydovchilar jarima to`lamasligi lozim — Ombudsman

'Yo`ldagi ta`mirlash ishlari sabab haydovchilar jarima to`lamasligi lozim —  Ombudsman'ning rasmi

Ma`lumki, avtomobillar harakatlanish yo`llarida vaqti vaqti bilan tuzatish, ta`mirlash ishlari amalga oshiriladi. Lekin, ba`zi hollarda haydovchilar to`sib qo`yilgan yo`llar sabab, yo`l qoidalarini majburan buzishga majbur bo`lishmoqda.

Shu kabi holat 2022 yil 21 sentyabr kuni Toshkent shahar Olmazor tumani Ziyo - Shifonur ko`chalari kesishmasida kuzatilib, bu ijtimoiy tarmoqlarda ko`plab muhokamalarga sabab bo`lgan edi. Unda yo`lning transport harakatlanish qismida amalga oshirilayotgan tuzatish ishlari davomida yo`lning bir qismi yopib qo`yilgan va tegishli maxsus belgi bilan aylanib o`tish lozimligi ko`rsatilgan. Biroq aylanib o`tish oqibatida haydovchilar yo`lning qarama-qarshi harakatlanish tomoniga o`tishlariga to`g`ri kelgan. Bu esa maxsus kameralarga muhrlangan va haydovchilar jarimaga tortilgan.

Jarimadan ozod etish Ichki ishlar organlarining YHX bo`limlari tomonidan emas, sudlar tomonidan ko`rib chiqilishi ijtimoiy tarmoqda ko`pchilik fuqarolarning o`rinli e`tirozlariga sabab bo`lmoqda.

Mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar fuqarolar ovoragarchiligini oldini olish va ularga adolatli munosabatda bo`lishga asoslangan. Yuqoridagi holat esa haydovchilarning ortiqcha xarajat qilishiga va ovoragarchiligiga sabab bo`lmoqda.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, Oliy Majlisning Inson huquqlari bo`yicha vakili Ichki ishlar vazirligiga murojaat qildi. Unda ushbu holatlarni kelgusida takrorlanishini oldini olish maqsadida ta`mirlash ishlari haqida fuqarolarni oldindan xabardor qilish va ularni mazkur sabablarga ko`ra jarimaga tortilishini oldini olish choralarini ko`rilishi so`raldi.

 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar