AsosiyJamiyat

Vladimir Norov Sadir Japarov bilan uchrashdi

'Vladimir Norov Sadir Japarov bilan uchrashdi'ning rasmi

Joriy yilning 3 noyabr kuni Bishkek shahrida O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov Qirg`iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov tomonidan qabul qilindi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Uchrashuv davomida ikki mamlakat aloqalari O`zbekiston va Qirg`iziston rahbarlarining konstruktiv va ishonchli muloqoti asnosida strategik sheriklik ruhida ijobiy sur`atlarda rivojlanayotgani qayd etildi.

So`nggi yillarda o`zaro savdo jadal o`sib borayotgani, sanoat, energetika va qishloq xo`jaligi, transport sohalarida qo`shma loyihalar amalga oshirilib, mintaqalararo va madaniy almashinuvlar kengayib borayotgani mamnuniyat bilan e`tirof etildi.

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Qirg`iz Respublikasiga bo`lajak davlat tashrifiga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi.

Ikki davlat Rahbarlarining siyosiy irodasi tufayli tarixiy hujjatlar – O`zbekiston-Qirg`iziston davlat chegarasining ayrim uchastkalari to`g`risidagi Shartnoma va Andijon (Kampirobod) suv omborining suv resurslarini birgalikda boshqarish to`g`risidagi Bitim imzolangani qayd etildi.

O`zbekiston-Qirg`iziston o`zaro manfaatli hamkorligining ustuvor yo`nalishlari bo`yicha yangi savdo shartnomalari, bitimlar va boshqa hujjatlarni ishlab chiqish masalalariga alohida e`tibor qaratildi.

Tomonlarning O`zbekiston va Qirg`iziston o`rtasidagi do`stlik, yaxshi qo`shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlashga tayyorligi bildirildi.

    Boshqa yangiliklar