DXX tomonidan Toshkent viloyatida qayd etilgan holatda Olmaliq shahar adliya bo`limi xodimi mahalliy fuqaroni Olmaliq kon metallurgiya kombinatiga ishga kirishida yordam berish evaziga 4 ming dollar olgan vaqtida ushlandi.
Shuningdek, ushbu noqonuniy ishga aloqador bo`lgan Olmaliq shahridagi maktabgacha ta`lim tashkiloti mudirasi ham qo`lga olingan.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
04.11.2022 06:26
Adliya xodimi 4 ming dollar bilan ushlandi






