Kecha, 3 noyabr kuni soat 18:40 larda Toshkent viloyati Chirchiq shahar Gulshan ko`chasida istiqomat qiluvchi fuqaro ehtiyosizligi oqibatida tomorqasidagi chuqurlikka tushib ketgan. Bu haqda FVV xabar berdi.
Erkakni chuqurlikdan olib chiqishda amaliy yordam so`rab, Chirchiq shahar FV bo`limiga tashvishli xabar kelib tushgan.
Qutqaruvchilar zudlik bilan aytilgan manzilga etib borib, maxsus qutqaruv asbob-anjomlar yordamida fuqaroni chuqurlikdan chiqarib olgan va tez tibbiy yordam xodimlariga topshirishgan






