AsosiyJinoyat

DXX Toshkent shahri va viloyatida qariyb 3 kg giyohvand modda sotmoqchi bo`lgan shaxslarni ushladi (video)

'DXX Toshkent shahri va viloyatida qariyb 3 kg giyohvand modda sotmoqchi bo`lgan shaxslarni ushladi (video)'ning rasmi

Toshkent shahri va viloyatida qariyb 3 kilogramm opiy va gashish giyohvand moddasini sotmoqchi bo`lgan shaxslar ushlandi. Bu haqda DXX matbuot xizmati darakchi.uz'ga xabar berdi. 

Ma`lum qilinishicha, DXX tomonidan Yunusobod tumanida o`tkazilgan tezkor tadbirda 1976 yil Buxoro viloyatida va 1958 yil Jizzax viloyatida tug`ilgan ikki nafar fuqaro 874 gramm opiyni 18 ming dollarga sotmoqchi bo`lganida qo`lga olingan.

Shuningdek, o`tkazilgan yana bir tezkor tadbir davomida 1956 yil Samarqand viloyatida va 1976 yil Sirdaryo viloyatida tug`ilgan ikki nafar shaxs Ohangaron va Yashnobod tumanida qariyb 2 kilogramm gashish moddasi bilan ushlandi.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar