Qirg`iziston hukumati qishloq xo`jaligi mahsulotlarining ayrim turlarini mamlakatdan olib chiqishga (eksport qilishga) vaqtinchalik taqiq joriy qildi, deb xabar bergan mamlakat Vazirlar Mahkamasi matbuot xizmati.
Qaror mamlakat oziq-ovqat xavfsizligini ta`minlash va oziq-ovqat mahsulotlarining bozor narxlarini barqarorlashtirish maqsadida qabul qilingan. Vaqtinchalik ta`qiqqa muvofiq, ayrim turdagi qishloq xo`jaligi tovarlarini Evroosiyo iqtisodiy ittifoqi bojxona hududidan tashqariga olib chiqishga olti oy muddatga amal qiladi.
Bundan tashqari, hukumat 2022 yil 1 noyabrdan 31 dekabrgacha, shu jumladan, Qirg`iziston hududidan tashqariga Evroosiyo iqtisodiy ittifoqiga a`zo bo`lmagan davlatlarga bug`doy unini eksport qilishning miqdoriy chegarasini 100 ming tonna qilib belgilash to`g`risida qaror qabul qildi.
Qayd etilishicha, mazkur qaror rasmiy e`lon qilingan kundan boshlab etti kun o`tgandan keyin kuchga kiradi.





