Navoiy viloyati Nurota tumani Nurfahr MFY dan oqib o`tuvchi soyga sel kelgani aytilmoqda.
Ma`lum bo`lishicha, hodisa kichik avtomobil yo`li ostidan o`tuvchi suv o`tkazish inshootini zararlab, yo`lga xavf tug`dirgan.
Gidrometeorologik ilmiy tahlillar, ob-havo prognozlari, tadqiqotlar, ma`ruzalar kanali muallifi doktorant Erkin Abdulahatov bu haqda yozmoqda.
Uning qayd etishicha, "O`zgidromet" meteorologik radiolokatrida bugun tush payti Buxoro-Navoiy viloyati hududlarida chaqmoq-momaqaldiroqli bulutlari tasviri ko`ringan.






