O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashi, O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashi va O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
q a r o r i
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASINING BIRINChI PREZIDENTI I.A.KARIMOVNING DAFN MAROSIMINI O`TKAZISh BO`YIChA DAVLAT KOMISSIYaSINI TAShKIL ETISh TO`G`RISIDA
O`zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A.Karimov vafot etgani munosabati bilan O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashi, O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashi va O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O`zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A.Karimovning dafn marosimini o`tkazish bo`yicha quyidagi tarkibda Davlat komissiyasi tashkil etilsin:
Mirziyoev Sh.M. – O`zbekiston Respublikasining Bosh vaziri, komissiya raisi;
Yo`ldoshev N.T. – O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi, komissiya raisining o`rinbosari;
Ismoilov N.M. – O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri, komissiya raisining o`rinbosari;
Inoyatov R.R. – O`zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmatining raisi;
Azimov R.S. – O`zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o`rinbosari, Moliya vaziri;
Haydarov Z.H. – O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Devoni Ishlar boshqaruvchisi;
Nazarmuhamedov D.A. – O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi;
Sultonov X.M. – O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi;
Mahmudov V.V. – O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik Kengashi kotibi;
Erniyazov M.T. – Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesining Raisi;
Axmedbaev A.A. – O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri;
Berdiev Q.R. – O`zbekiston Respublikasi Mudofaa vaziri;
Komilov A.H. – O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri;
Qurbonov R.D. – “Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya markazi” aksiyadorlik jamiyati direktori, O`zbekiston Qahramoni;
Mirboboev B.Sh. – O`zbekiston Respublikasi Konstitusiyaviy sudining raisi;
Ramatov O.J. – “O`zbekiston temir yo`llari” aksiyadorlik jamiyatining raisi, O`zbekiston Qahramoni;
Sanaqulov Q.S. – Navoiy kon-metallurgiya kombinati bosh direktori, O`zbekiston Qahramoni;
Mirzaev Z.T. – Samarqand viloyati hokimi;
G`aniev B. – “Kamolot” Yoshlar ijtimoiy harakati markaziy kengashi raisi;
Usmonov Sh.G`. – Respublika “Nuroniy” jamg`armasi raisi;
Usmonov R.D. – Toshkent shahar hokimi;
Sharapova M.A. – Qashqadaryo viloyati Qarshi shahridagi 2-ixtisoslashtirilgan umumiy o`rta ta`lim maktab-internatining matematika fani o`qituvchisi, O`zbekiston Qahramoni.
2. Davlat komissiyasi:
O`zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A.Karimovning xohish-irodasiga muvofiq dafn marosimini Samarqand shahrida 2016 yil 3 sentyabrda tashkil etsin;
2016 yil 3 sentyabrdan O`zbekiston Respublikasida uch kunlik motam e`lon qilinsin va respublikaning barcha hududlarida motam tadbirlari o`tkazsin;
xalqimizning, korxonalar, tashkilotlar, ta`lim muassasalari va keng jamoatchilikning fikrini hisobga olib, bir oy muddatda O`zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug`anievich Karimovning xotirasini abadiylashtirish bo`yicha takliflar kiritsin.
|
O`zbekiston |
O`zbekiston |
O`zbekiston Sh.MIRZIYoEV |
Toshkent shahri,
2016 yil 2 sentyabr





