Avvalroq kuchli yomg`ir oqibatida Navoiy viloyati Nurota tumani Nurfahr MFY dan oqib o`tuvchi soyga sel kelgani haqida xabar bergan edik.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi yuz bergan hodisa haqida axborot berdi.
Ma`lum bo`lishicha, hodisa natijasida tumanning “Nurotabir” qabristoniga o`tishda qurilgan sel yo`li ko`prigining bir qismiga zarar etgan. Shuningdek, Nurota tumani “Nurfaxr” MFY "Parpiuzoq" massividagi 3 ta aholi yashash uyining tomorqalariga yomg`ir suvi to`plangan.
"Ayni paytda voqea joyida viloyat FVB rahbariyati va shaxsiy tarkibi hamda favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday vaziyatlarda harakat qilish davlat tizimi (FVDT) organlari kuch va vositalari tomonidan yuzaga kelgan hodisa oqibatlarini bartaraf etish chora-tadbirlari ko`rilmoqda", — deyiladi xabarda.






