Kiev elektr ta`minotidan to`liq uzilib qolgan taqdirda shaharning 3 mln aholisini “umumiy evakuasiya”ga tayyorlamoqda. Bu haqda zamon.uz xabar berdi.
Qayd etilishicha, bu Rossiya zarbalari natijasida elektr ta`minoti ob`ektlarining shikastlanishi bilan bog`liq.
“Biz butun elektr ta`minoti tizimini yo`qotishimiz mumkin”, degan shahar xavfsizlik bo`limining mahalliy direktori Roman Tkachuk.
Eslatib o`tamiz, “Ukrenergo” yaqinda Ukrainani barqaror energiya bilan ta`minlash uchun soatlab o`chirishlar etarli emasligini xabar qilgandi. Bundan tashqari, Kiev meri Klichko qishda shahar elektr energiyadan to`liq uzib qo`yilishi mumkinligini aytgan.