AsosiySalomatlik

Qishda qanday mahsulotlarni iste`mol qilgan ma`qul?

'Qishda qanday mahsulotlarni iste`mol qilgan ma`qul?'ning rasmi

Havodagi mikroblar mavsumga qarab o`zgarishini bilasizmi? Ichaklardagi mikroblar ham vaqti-vaqti bilan almashishi haqidachi? Bugun biz do`konga borib istagan mahsulotimizni istagan vaqtda sotib olishimiz mumkin. Ammo bu qulaylik mavsumiy rang-baranglikni cheklab qo`yishi mumkin. Ichak immuniteti immun tizimining 70 foizini tashkil etadi va u barqaror mavsumiy mikroblar bilan bog`liq. Xo`sh, unda qish mavsumida qanday mahsulotlarni iste`mol qilgan ma`qul? 

Qo`ziqorinlar. Qo`ziqorinlar qishda D vitaminining qo`shimcha manbai bo`lishi mumkin. Shiitake qo`ziqorinlari V vitamin guruhi, D vtamini, selen, niasin va 7xil aminokislotalari saqlagani uchun immunitetni sezilarli ko`tarishi mumkin. 

Sitrus mevalar. Qishda S vitaminining ham qo`shimcha manbai zarur, u organizmni mustahkamlab, kasalliklarning oldini oladi. Apelsin, limon, laym, greypfut kabi sitrus mevalar S vitaminining katta dozasini etkazib beradi. 

Qishki sabzavotlar. Sovuqda ko`proq kaloriya yo`qotganimiz sababli qishda to`yimliroq va issiqroq taomlar egimiz keladi. Yilning bu mavsumida kartoshka, sabzi, sarimsoq kabi kletchatkalar va uglevodlarga boy bo`lgan sabzavotlarni iste`mol qilgan ma`qul. 

Olma. Kuz kletchatka va pektinga boy olmalar mavsumi sanaladi. Bu moddalar esa hazm qilish tizimi uchun foydali va yurak-qon-tomir kasalliklaridan himoya qiladi. bundan tashqari, olma A, E, B6, C va K vitaminlari boy. 

Anor. Anor – qish mavsumining eng mashhur mevalaridan biri v yaxshi antioksidant. U immun tizimini mustahkamlab, organizmni turli kasalliklardan, jumladan, saraton va yurak- qontomir kasalliklarida himoyalaydi. Shu sababli anorni kunlik rasionga qo`shish zarar qilmaydi.

    Boshqa yangiliklar