AsosiyJamiyat

Moskva-Toshkent yo`nalishida uchgan samolyot Navoiyga favqulodda qo`ndirildi

'Moskva-Toshkent yo`nalishida uchgan samolyot Navoiyga favqulodda qo`ndirildi'ning rasmi

Moskva—Toshkent yo`nalishidagi HY-602 reysi Boeing 787-8 samolyoti Navoiyga favqulodda qo`ndirildi. Bu haqda "Novosti Tashkentskogo Neba" xabar berdi.

Qayd etilishicha, poytaxt ustida o`ta kuchli shamol siljish hodisasi laynerni aerodromga qo`nishi uchun to`sqinlik qilgan.

Yuqori qatlamlarda turli bulutlar oqimidagi siljish kuchi 8 metr/sekund farqlangani uchun samolyot xavfsiz qo`nishida muammolar keltirib chiqaradi. Aviasiya yo`riqnomalarida 6 metr/sekunddan yuqori shamol siljish hodisasi "o`ta kuchli" guruhda tavsiflangan.

    Boshqa yangiliklar