Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadlv ma`lum qildi.
Ma`lum qilinishicha, yig`ilishda dunyodagi murakkab vaziyat, transport-logistika va ishlab chiqarish zanjirlaridagi uzilishlar, energoresurslar bilan bog`liq muammolar mamlakatimizga ham ta`sir qilayotgani ta`kidlandi.
Jahon moliya bozorlaridagi o`zgarishlar ta`sirida chetdan jalb qilinadigan resurslar narxi oshayotgani qayd etildi.
Shu bois, Bosh vazir o`rinbosarlari, vazirlar, tarmoq rahbarlari, hokimlar bu qiyin sharoitda imkoniyat izlashi, bor salohiyatni ishlatishi, taklif va tashabbus ko`rsatishi kerakligi, kelgusi yilga o`ziga aniq reja va mas`uliyat olishi shartligi ko`rsatib o`tildi.
Joriy yil 9 oyida sanoat 5,3 foizga o`sdi. Lekin 65 ta yirik hududiy korxonada ishlab chiqarish 1,6 trillion so`mga kamaygan.
Vazirlar Mahkamasiga ishlab chiqarish qisqargan tarmoqlardagi korxonalarga aylanma mablag`i, solig`i, transportiga yordam berib, to`la quvvatga chiqarish bo`yicha topshiriq berildi.






