AsosiyJamiyat

Prezident boshchiligidagi videoselektor yig`ilishida sanoat zonalari infratuzilmasiga bu yilda 1,2 trillion so`m ajratilganligi aytildi

'Prezident boshchiligidagi videoselektor yig`ilishida sanoat zonalari infratuzilmasiga bu yilda 1,2 trillion so`m ajratilganligi aytildi'ning rasmi

Prezidentning ta`kidlashicha, sanoat zonalari infratuzilmasiga bu yilda 1,2 trillion so`m ajratilgan, lekin Qashqadaryo, Samarqand va Xorazm viloyatlarida mablag`larning 40 foizini ham o`zlashtirilmagan.

Mutasaddilar va viloyat hokimlariga haligacha infratuzilma olib borilmagan sanoat zonalariga shaxsan borib, ishlarni oxiriga etkazish topshirildi.

Oxirgi 6 oyda hamkor davlatlar bozorlariga maishiy texnika eksporti – 3 barobar, transformator – 3,6 barobar, tibbiy buyumlar – 9 barobar, trikotaj mato – 2 barobar oshdi.

Agar mis, PVX, metall, polipropilen xom ashyolarini ko`proq olish imkoniyati yaratilsa, tadbirkorlarimiz eksportni bir necha barobar oshirishi mumkin.

Lekin mas`ul vazirliklar bu masalalar bilan shug`ullanmayotgani tanqid qilindi. 

Misol uchun, gilam mahsulotlari ishlab chiqarish uchun yiliga 70 ming tonna polipropilenga talab bor. Biroq, birjaga 2 barobar kam polipropilen qo`yilmoqda. Natijada narx 30 foizga oshib, tonnasi 1 ming 800 dollarga ko`tarilgan.

Xuddi shunday, mebelchilikda ishlatiladigan formalin ichki bozorda 260 dollardan sotilayapti (raqobatchi bozorlarga nisbatan 60 dollarga qimmat).

Yaratilgan sharoitlar va mablag` borligiga qaramasdan, mas`ul vazirliklar va mutasaddilar bu muammolar bilan shug`ullanmayotgani tanqid qilindi.

1 dekabrgacha ishlab chiqaruvchi va treyderlar bilan ishlab, etishmayotgan xom ashyoni chetdan olib kelish hisobiga zaxira yaratish va grafik asosida uni birjaga qo`yish topshirildi.

    Boshqa yangiliklar