To`qimachilikda keyingi yilda ichki bozorga qo`shimcha 5 trillion so`mlik mahsulot ishlab chiqarish, eksportni 4,3 milliard dollarga etkazish topshirildi. Bu haqda prezident matbuot kotibi xabar bermoqda.
Buning uchun:
- Evropa, Turkiya, Misr, Marokashga gazlama, trikotaj mato eksportiga transport xarajatlari 2024 yil 1 yanvargacha 70 foiz qoplab beriladi;
- kamida 50 xil turdagi yangi tekstil mahsulotlarini ishlab chiqarish dasturi tasdiqlanadi;
- yangi turdagi tayyor tekstil mahsulotlari ishlab chiqarish loyihalariga 100 million dollar, gilamchilik uchun 50 million dollar yo`naltiriladi;
- to`qimachilik industrial zonalari infratuzilmasiga 200 milliard so`m yo`naltiriladi;
- yil yakuniga qadar Turkiya, Eron, Belgiyadan texnologiya va mutaxassislar (dizayner va texnolog) olib kelinadi.






