Qurilish materiallari eksportini 2023 yilda 900 million dollarga etkazish, ichki bozor uchun 5 trillion so`mlik qo`shimcha mahsulot ishlab chiqarish shartligi ko`rsatib o`tildi. Mutasaddilarga:
- qurilish materiallari ishlab chiqaruvchilar uchun kamida 7 yillik, 2 yil imtiyozli davr bilan “Sanoat ipotekasi” dasturini ishlab chiqish va bunga birinchi bosqichda 50 million dollar resurs yo`naltirish;
- Nukus shahri, Buloqboshi, Qorovulbozor, Forish, Chust, Paxtachi, Sariosiyo, O`zbekiston tumanlarida qurilish materiallari industrial zonalarini tashkil etish;
- Ispaniya, Italiya va Turkiyaning etakchi korxonalari bilan muzokara o`tkazib, Angrenda chinni idishlar va santexnika buyumlari ishlab chiqarish klasterini tashkil qilish;
- kelgusi yilda Navoiy, Samarqand va Toshkent viloyatlarida kaolindan klaster usulida tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish bo`yicha kamida 200 million dollarlik 10 ta loyihani ishga tushirish topshirildi. Bu haqda prezident matbuot kotibi xabar berdi.
07.11.2022 12:39
Prezident mas`ullarga respublikaning 8 ta tumanida qurilish materiallari industrial zonalarini tashkil etish topshirig`ini berdi






