AsosiyJamiyat

Prezident Buxoro, Namangan, Samarqand, Andijon, Farg`ona va Xorazm viloyat hokimlariga bir oy muddat berdi. Sababi...

'Prezident Buxoro, Namangan, Samarqand, Andijon, Farg`ona va Xorazm viloyat hokimlariga bir oy muddat berdi. Sababi...'ning rasmi

Davlatimiz rahbari ta`kidlaganidek, mebelsozlikda kelgusi yilda mahsulot hajmini 5 trillion so`mga, eksportni 50 million dollarga etkazish zarur.

Buxoro, Namangan, Samarqand, Andijon, Farg`ona va Xorazmda 100 ga yaqin mahalla mebel ishlab chiqarishga ixtisoslashgani, ularni kengaytirish zarurligi qayd etildi. Bu haqda prezident matbuot kotibi xabar berdi 

Ushbu viloyatlar hokimlariga bir oy muddatda mahallalar atrofida mebel sanoat markazlarini tashkil qilishga ko`rsatma berildi. Shuningdek:

- kelgusi yilda 250 ta mebelchilik loyihasini ishga tushirib, 10 mingta yangi ish o`rni yaratish;

- 15 ta mebelsozlik sanoat zonalari infratuzilmasiga 55 milliard so`m ajratish;

- mebelsozlikka berilgan bojxona imtiyozlari muddatini 2024 yil 1 yanvarga qadar uzaytirish bo`yicha qaror loyihasini kiritish topshirildi.

    Boshqa yangiliklar