Prezident kelgusi yilda eksportni qo`llab-quvvatlash kengaytirilishi, bundan buyon tarmoqlarga subsidiyalar eksport hajmiga qarab beriladigan tizim yaratilishini ta`kidladi.
Bugungi yig`ilishdagi topshiriqlar ijrosi natijasida hududiy sanoatni rivojlantirishga qo`shimcha 300 million dollar va 350 milliard so`m mablag` ajratilishi qayd etildi.
Aytilgan marralarga erishilsa, kelgusi yilda qo`shimcha 2 milliard dollar eksport hajmlari ta`minlanadi.
Hokimlar va tarmoq rahbarlari bundan samarali foydalanib, 2023 yilda 8,2 milliard dollarlik hududiy sanoat mahsulotlari eksportini ta`minlashi shartligi ko`rsatib o`tildi.
Yig`ilish yakunida mutasaddilarning axboroti eshitildi, deyiladi xabarda.
07.11.2022 13:34
Prezident bundan buyon tarmoqlarga subsidiyalar eksport hajmiga qarab beriladigan tizim yaratilishini ta`kidladi






