AsosiyJamiyat

Qo`qondagi hibsxona olib kelingan mahkum 2 kun o`tib vafot etdi

'Qo`qondagi hibsxona olib kelingan mahkum 2 kun o`tib vafot etdi'ning rasmi

Qo`qondagi hibsxonasida saqlanayotgan mahkum vafot etdi. Bu haqda xabar bergan Farg`ona viloyat IIBga ko`ra, uning o`limiga yurak kasalligi sabab bo`lgan.

Qayd etilishicha, Jinoyat ishlari bo`yicha Qo`qon shahar sudining 2022 yil 1 iyundagi hukmi bilan ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan va probasiya hisobiga olingan mahkum R.N. o`rnatilgan cheklovlarni buzib, belgilangan hududni tark etgan. Ko`rilgan choralar natijasida 2022 yil 6 noyabr kuni Toshkent shahrida ushlangan. Shu kuni Qo`qon shahar IIB Vaqtincha saqlash hibsxonasiga joylashtirilgan.  

Joriy yilning 8 noyabr kuni soat 02:56 larda mahkum N.R. o`zini yomon his qilganligi uchun xonadoshi nazoratchi xodimlarni yordamga chaqirgan. Hibsxona xodimlari, muassasaga o`rnatilgan kuzatuv kamerasi orqali holatni ko`rib, zudlik bilan tez-tibbiy yordamga murojaat qilishgan. Muassasaga etib kelgan tibbiyot xodimlari, soat 03:16da mahkumning o`limini qayd etishgan.

Qo`qon tumanlararo sud-tibbiy ekspertiza bo`limining 2022 yil 8 noyabrdagi dastlabki tashxisiga ko`ra, marhum R.N.ning o`limiga “yurakni surunkali ishemik kasalligi, yurak toj qon-tomirlarining o`tkir etishmovchiligi” sabab bo`lgan. Marhumning badanida tan jarohatlari aniqlanmagan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Qo`qon shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.  

Ma`lumot uchun: Fuqaro R.N.ga nisbatan 2021 yil 23 martda JIB Qo`qon shahar sudi tomonidan Jinoyat Kodeksining 169-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan 2 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan. 2021 yil 15 oktyabr kuni JIB Piskent tumani sudi tomonidan Jinoyat Kodeksining 74-moddasiga asosan o`talmay qolgan 1 yil 1 oy 22 kun ozodlikdan mahrum etish jazo muddati ahloq tuzatish ishlari jazosiga almashtirilgan. 2022 yil 1 iyun kuni JIB Qo`qon shahar sudi tomonidan Jinoyat Kodeksining 46-moddasi 4-qismiga asosan o`talmay qolgan kunlari sutkaning soat 21:00 dan 06:00 qadar yashash xonadonidan chiqmaslik jazosiga almashtirilgan. 

Mazkur ajrim Qo`qon shahar IIB Probasiya bo`limi tomonidan ro`yhatga olinib, mahkumga huquq va majburiyatlari hamda ozodlikdan cheklash jazosini o`tash tartib-qoidalari, jazodan bo`yin tovlash oqibatlari, sud tomonidan yuklatilgan majburiyatlarni buzgan taqdirda Jinoyat Kodiksining 48-modda prim 1-moddasi 6-qismiga asosan og`irroq turdagi jazoga almashtirilishi to`g`risida ogohlantirilgan.

 

 

    Boshqa yangiliklar