Bu haqda AOKAda o`tkazilgan brifingda inspeksiya boshqarma boshlig`i Dilshod Oxunjonov ma`lum qildi.
"O`zyo`linspeksiya"ga yanvar-sentyabr oylarida jismoniy va yuridik shaxslardan 474 ta murojaat kelib tushgan. Bu ko`rsatkich 2021 yilning shu davriga nisbatan 45 foizga oshgan. Murojaatlarning 133 tasi avtomobil yo`llari foydalanuvchilaridan kelgan.
61 ta murojaat bo`yicha aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo`yicha 80 ta ko`rsatma berilgan. Ko`rsatma talablarini muddatida bartaraf etmagan mansabdor shaxslarga tegishli choralar qo`llash bo`yicha ma`muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, sud organlariga yuborilgan.
15 ta holat bo`yicha 1 mlrd 576 mln 675 ming so`m miqdoridagi sifatsiz bajarilgan qurilish-montaj ishlarini hisobotdan chiqarish yuzasidan buyurtmachilarga talabnoma kiritilgan. Ya`ni sifatsiz bajarilgan qurilish va ta`mir ishlari pudratchilar tomonidan, ularning o`z mablag`lari hisobidan qayta bajartirildi.






