Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi davlat fuqarolik xizmatchisi tomonidan xizmat safari va rasmiy tadbirlar munosabati bilan olinishi mumkin bo`lgan sovg`a, taqiqlangan sovg`alar, sovg`aning qiymati hamda uni tasarruf etish tartibiga doir hujjat loyihasini jamoatchilik muhokamasi uchun e`lon qildi.
- kelib chiqishiga olib kelmasligi, xususan, xolis qaror qabul qilishiga ta`sir ko`rsatadigan majburiyatni yuzaga keltirmasligi;
- sovg`a xizmat safarlari, xalqaro va boshqa rasmiy tadbirlarda ochiq va oshkora qabul qilinishi va taqdim etilishi, davlat organi obro`-e`tiboriga putur etishiga olib kelmasligi;
- davlat fuqarolik xizmatchisi tomonidan taqdim etiladigan sovg`a uning shaxsiy hisobidan amalga oshirilmasligi;
- sovg`a berish tabrik nutqi bilan birgalikda, unda sovg`a berishga sabab bo`lgan voqea o`zining aniq ifodasini topgan, shuningdek diplomatik protokol talablariga muvofiq bo`lishi lozim.
Shuningdek, davlat fuqarolik xizmatchisi tomonidan xizmat safarlari, xalqaro va boshqa rasmiy tadbirlarda sovg`a taqdim etilishini talab qilish, so`rash yoki sovg`a berishga majburlashga yo`l qo`yilmaydi. Davlat fuqarolik xizmatchisiga:
- naqd yoki naqdsiz pul;
- qimmatli qog`ozlar;
- kriptovalyuta;
- barcha turdagi o`qotar va sovuq qurollar, o`q-dorilar;
- giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop moddalar, kuchli ta`sir etuvchi preparatlar;
- pornografik va diniy ekstremistik xususiyatga ega bo`lgan nashr hamda materiallarni sovg`a sifatida qabul qilish yoki taqdim etish taqiqlanadi.
Davlat fuqarolik xizmatchisiga taqdim etilgan gullar, oziq-ovqatlar tashkilotlarning kanselyariya to`plamlari sovg`a deb qabul qilinmaydi va rasmiylashtirilmaydi.
Xizmat safarlari va boshqa rasmiy tadbirlar munosabati bilan delegasiya rahbariga taqdim etilgan sovg`a qiymatidan qat`i nazar, davlat organi tasarrufiga o`tkaziladi hamda baholanmaydi.
Davlat xizmatchisi o`ziga berilgan sovg`aning qiymatini so`rashi yoki uni baholash uchun ekspertizaga topshirishi kerak bo`ladi. Shuningdek, o`ziga taqdim qilingan sovg`a to`g`risida uch ish kuni ichida davlat organining korrupsiyaga qarshi kurashish bo`yicha ichki nazorat tuzilmasiga hisobot taqdim qiladi. Bundan sovg`aning qiymati ichki yoki tashqi ekspertiza yordamida aniqlanadi.
Agar sovg`aning bahosi belgilangan miqdordan (BHMning 5 barobaridan) ortiq bo`lsa masala quyidagicha hal qilinadi:
- sovg`a taqdim etilgan davlat fuqarolik xizmatchisi tomonidan sovg`aning ruxsat etilgan qiymatidan ziyod miqdori uchun davlat organiga to`lov amalga oshiriladi va sotib olinadi. Sovg`ani sotishdan tushgan mablag` davlat organining byudjeti yoki byudjetdan tashqari daromadlari hisobiga o`tkaziladi;
- agar davlat fuqarolik xizmatchisi sovg`aning ruxsat etilgan qiymatidan ziyod miqdori uchun to`lovni amalga oshirishni hamda sotib olishni rad etsa, davlat organining tegishli mas`ul tuzilmasi tomonidan rasmiylashtirilib, davlat organi balansiga o`tkaziladi.
Hujjatda ushbu talablar buzilishida aybdor bo`lgan shaxslar javobgar bo`lishi ko`rsatilgan. Ushbu Nizom loyihasi muhokamasi 22 noyabrga qadar davom etadi. Unda qatnashib, o`z takliflaringizni berishingiz mumkin.






