AsosiyJamiyat

Chinozda uchastkavoy sudxo`rdan olgan mashinani hujjatlarsiz boshqarib yurgani aytilmoqda

'Chinozda uchastkavoy sudxo`rdan olgan mashinani hujjatlarsiz boshqarib yurgani aytilmoqda'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda Chinozlik sudxo`r 23 yoshli yigitni qo`rqitib "Kobalt" avtomashinasini olib qo`yib, o`zini sexida quldek ishlatgani sabab yigit o`zini osib joniga qasd qilgan aytilgan xabarlar tarqaldi. Unda marhumning "Kobalt"ini  uchastkavoy hujjatlarsiz haydab yurgani qayd etilgan.  

Toshkent viloyati IIBB matbuot kotibi ushbu xabardagi holatga oydinlik kiritar ekan, voqeada profilaktika inspektori ishtirok etmaganligi va mashinani Chinoz tumani IIB navbatchilik qismida xizmat qiluvchi Mardonbek Boqiev olgani aniqlangan.  

M. Boqiev "Kobalt" avtomashinasini fuqaro J.A. dan o`zaro kelishuv asosida sotib olganligi ma`lum bo`lgan.

Hozirda shu va xabarda keltirilgan boshqa holatlar Chinoz tumani prokuraturasi tomonidan o`rganilmoqda. 

    Boshqa yangiliklar