Avval xabar berganimizdek, ayni damda Turiy davlatlar tashkiloti sammiti oldi qator tadbirlar bo`lib o`tmoqda.
Shular qatori Turizm va madaniy meros vazirining maslahatchisi ishtirokida ham brifing o`tkazilib, ba`zi raqamlarga to`xtalib o`tdi, deya yozmoqda Darakchi.uz' muxbiri.
Jarayonda ma`lum qilinishicha, O`zbekistonga tashrif buyuradigan umumiy sayyohlarning 60 foizi Turkiya, Ozorbayjon, Qozog`iston va Qirg`iziston davlatlari hissasiga to`g`ri keladi. Shundan, 30 foizi Qozog`istondan tashrif buyuradigan turistlar hisoblanadi.
2018 yil davomida Turkiyadan tashrif buyurganlar sayyohlar soni 41 299 kishini tashkil qilgan bo`lsa, 2019 yilda ushbu ko`rsatgich 63 539 kishini tashkil etgan. 2020 yilning yakuniga ko`ra, 20 958 Turkiya fuqarosi tashrif buyurgan.
"Shuningdek, 2022 yilning 9 oy davomida 56 792 turkiyalik turistlar tashrif buyurdi", — deydi Temur Mirzaev.
Qayd etilishicha, Qirg`izistondan 2017 yilda Qirg`izistondan 366 ming kishi kelgan bo`lsa, 2018 yilda bu raqam keskin oshdi — 1 mln. 56 ming kishi. 2019 yilda 1 mln. 454 ming kishi, 2020 yilda 1 million 454 ming 907, 2021 yilda esa 652 166 nafar sayyoh kelgan bo`lsa, 2022 yilning 9 oyida bu raqam 920 000 kishini tashkil etgan.






