AsosiyJamiyat

Vladimir Putin: “Islom Karimov meni o`ziga yaqin olib ‘sen’ deb murojaat qilardi” (Video)

Rossiya Federasiyasi Prezidenti Vladimir Putin 6 sentyabr kuni O`zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovni qabrini ziyorat qilish uchun Samarqandga tashrif buyuradi.

Bu haqda Putin Xitoyda «G20» cammitidagi ishtirokidan so`ng bergan intervyusi chog`ida jurnalistlarga ma`lum qildi.

«O`ylaymanki, ertaga Islom Karimovning qabrini ziyorat qilish va uning xotirasiga ta`zim bajo keltirish uchun albatta Samarqandga boraman», — dedi Rossiya rahbari.

“Bizning Islom Karimov bilan insoniylik jihatdan munosabatlarimiz haqida gapiradigan bo`lsam, shuni aytish joizki, ular juda iliq edi, u menga juda mehr bilan munosabatda bo`lardi. Yoshi katta bo`lgani sabab yuzma-yuz qolsak menga ismimni aytib, o`ziga yaqin olib ‘sen’ deb murojaat qilardi”, — dedi Vladimir Putin.

Boshqa yangiliklar