Asaka shahridagi GM Uzbekistan aksionerlik jamiyatida avgust oyida har yilgi rejali profilaktika ishlari o`tkazilgani haqida xabar berilgan edi.
GM Uzbekistan matbuot xizmatining xabar berishicha, hozirda zavod o`z faoliyatini qaytadan yo`lga qo`ydi.
“Rejali ishlar jadvalida ko`zda tutilgan barcha chora-tadbirlar muvaffaqiyatli yakunlanib, 5 sentyabrdan Asaka avtozavodidagi ishlab chiqarish liniyalari ishga tushirildi”, — deyiladi xabarda.
Ayni paytda zavod ko`zda tutilgan reja parametrlariga muvofiq tarzda shtat rejimida faoliyat ko`rsatmoqda.





