Ijtimoiy tarmoqlarda Qopaqalpog`iston Respublikasining To`rtko`l tumanida "Cobalt" rusumli avtomashina yonib ketgani haqida xabarlar tarqaldi.
Holat bo`yicha IIV YHXX ma`lumot berdi.
Hodisa 11 noyabr kuni soat 15:30 larda To`rtko`l tumani “Oqboshli” OFY hududidan o`tuvchi A-380 avtomobil yo`lining 584-585-kilometrlari oralig`ida yuz bergan. 2001 yilda tug`ilgan haydovchi K.S. boshqaruvidagi Kobalt rusumli avtomobilning dvigatel qismida qisqa tutashuv sababli yong`in yuzaga kelgan va yukxonasida bo`lgan gaz ballon portlagan.
Yong`in o`t o`chiruvchilar tomonidan bartaraf etilgan. Hodisa natijasida tan jarohati olgan fuqarolar yo`q.
Ushbu hodisa yuzasidan To`rtko`l tumani FVB va YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.






