FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar qilishicha, O`zbekiston hududida mahalliy vaqt bilan 14.11.2022 yil 14 noyabr kuni soat 15:42 da (14.11.2022 yil, Grinvich bo`yicha 10:42 da) zilzila sodir bo`ldi.
Episentr: Jizzax viloyati, Zarbdor tumani.
Zilzila koordinatalari: 40,24 gradus shimoliy kenglik; 68,31 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=3,1. Chuqurlik 15 km. Zilzila episentri Toshkentdan 137 km janubiy-g`arbda.
O`zbekiston Respublikasi hududia sezilish kuchi:
Sardoba tumanida 3 ball, 10 km.
Zarbdor tumanida 3 ball, 16 km.
Paxtakor tumanida 2-3 ball, 26 km.
Oqoltin tumanida 2 ball, 32 km.
Xovos tumanida 2 ball, 34 km.
Eslatib o`tamiz, bugun Toshkent vaqti bilan 03:07 da Tojikistonda sodir bo`lgan zilzila O`zbekistonning 10 ta hududida sezildi. Toshkent vaqti bilan 13:01 da Qirg`izistonda sodir bo`lgan zilzila O`zbekistonning 3 ta hududida sezilgan edi.






