AsosiyJinoyat

Jami 9100 AQSh dollarini noqonuniy oldi sotdi qilganlar qo`lga olindi

'Jami 9100 AQSh dollarini noqonuniy oldi sotdi qilganlar qo`lga olindi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yangihayot tuman bo`limi tomonidan IIBB xodimlari bilan hamkorlikda  tezkor tadbir o`tkazildi.

Unda, Buyuk ipak yo`li ko`chasida joylashgan savdo do`koni atrofida valyuta ayirboshlash bilan shug`ullanib kelgan A.Sh. fuqaro A.I.ga jami 8 000 AQSh dollarini 90,1 mln so`mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, Departamentning Quvasoy shahar bo`limi tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda, Farg`ona shahar dehqon bozori atrofida valyuta ayirboshlash bilan shug`ullanib kelgan X.X. fuqaro I.K.ga 3 100 AQSh dollarini 34,8 mln so`mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o`tkazish) bilan jinoyat ishlari qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

👉@Department_uz

    Boshqa yangiliklar