Toshkentdan Samarqand va Qarshi shaharlariga boradigan tezyurar poezdlar chiptalari narxi 15 foizga qimmatlashdi. Bu haqda “O`ztemiryo`lyo`lovchi” AJ rasmiy sayti xabar bermoqda.
“Sotuv kuni 2016 yil 5 sentyabrdan va poezd jo`nash kuni 2016 yil 20 sentyabrdan №760/759 Toshkent-Qarshi-Toshkent va №762/761 Toshkent-Samarqand-Toshkent yo`nalishidagi yo`lovchi poezdlarining chipta narxlari 15% ga oshiriladi”,—deyiladi xabarda.