Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Olmaliq shahar bo`limi tomonidan viloyat DXX xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o`tkazildi.
Unda, fuqaro M.O. fuqaro M.N.ning ishonchiga kirib, uni go`yoki yuqori lavozimlarda ishlovchi tanishlari orqali “Olmaliq kon metallurgiya kombinati” AJga ishga kiritib qo`yishini aytib, evaziga 1 500 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.