AsosiyJamiyat

⚡️O`zbekistonda koronavirus bilan kasallanish yana oshdi — SSV

'⚡️O`zbekistonda koronavirus bilan kasallanish yana oshdi — SSV'ning rasmi

O`zbekistonda uzoq muddatdan beri ilk bor koronavirus bilan kasallanish ko`rsatkichi sezilarli oshdi va respublikaning qator hududlarida bemorlar aniqlandi. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar qildi. 

Ma`lum qilinishicha, kecha, 17 noyabr kuni O`zbekistonda 69 nafar fuqaroda kasallanish qayd etildi. Undan avvalgi kun bemorlar soni 61 nafarni tashkil etgan. Bu so`nggi kunlarda kasallanish yana ko`payib borayotganini ko`rsatmoqda.

2022 yil 17 noyabr kuni ro`yxatga olingan bemorlarning:

-1 nafari Buxoro viloyatida,  

-2 nafari Namangan viloyatida,

-1 nafari Samarqand viloyatida,  

-2 nafari Surxondaryo viloyatida,  

-1 nafari Xorazm viloyatida,

-6 nafari Toshkent viloyatida,

-56 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida qayd etildi.

Mavzuga doir:

Dunyoda koronavirusga chalinish holatlari yana oshdi — JSST

 

    Boshqa yangiliklar