Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Xitoy, Hindiston va boshqa davlatlarni Rossiyani Ukrainadagi mojaroni hal qilish uchun muzokaralar stoliga o`tirishini ta`minlashga chaqirdi. Bu haqda "zamon.uz" xabar berdi.
"Fransiya nafaqat Ukrainani qo`llab-quvvatlamoqda. Balki boshqa davlatlar: Xitoy, Hindiston, Yaqin Sharq, Afrika, Lotin Amerikasi bilan yaqindan hamkorlik qiladi, bu urush sizning muammoingiz ham ekanligini tushunish kerak, bu jiddiy beqarorlikka olib keladi”, — dedi Makron.
Vladimir Zelenskiy 8 noyabr kuni Rossiya bilan muloqotni boshlash shartlarini aytgandi. Uning so`zlariga ko`ra, bu “hududiy yaxlitlikni tiklash, BMT nizomiga rioya qilish, barcha yo`qotishlar uchun tovon to`lash, har bir harbiy jinoyatchini jazolash va bunday holat boshqa takrorlanmasligiga kafolatdir”.
U, shuningdek, Putin prezident bo`lgan davrda Ukraina Rossiya bilan hech qanday muzokara olib bormasligini ma`lum qilgan.






