Ijtimoiy tarmoqlarda Qarshi aeroporti xodimlari tomonidan yo`lovchilar bagajlarini yuk mashinasining orqa qismidan turib perronda (aeroport ichki hududi) tarqatatilayotgani aks etgan video tarqaldi. Yo`lovchilar ushbu holat bo`yicha o`z noroziliklarini bildirishgan. Vaziyat bo`yicha rasmiy bayonot berildi.
Ayni paytda Qarshi aeroportida uchib ketish va uchib kelish zallarini kengaytirish, xalqaro va mahalliy aviaqatnovlar terminallarini alohida faoliyatini yo`lga qo`yish maqsadida rekonstruksiya ishlari olib borilmoqda. Shu sababli, terminalda qurilish ishlari bilan bog`liq favqulodda vaziyatlar yuzaga kelishi mumkin. Hozirda aeroport, boshqaruv kompaniyasi bilan birgalikda bunday hodisalarning oldini olish choralarini ko`rmoqda va yuzaga kelgan noqulayliklar uchun yo`lovchilardan uzr so`raydi.
18.11.2022 19:46
Qarshi aeroportida yo`lovchilarning bagajlari nega aeroport ichki hududida tarqatilyapti?






