AsosiyJamiyat

Toshkentda G3 darajali 5 balli magnit bo`ronlari kuzatilmoqda

'Toshkentda G3 darajali 5 balli magnit bo`ronlari kuzatilmoqda'ning rasmi

Bugun, 21 noyabr soat 8:00 lardan boshlab Toshkentda G3 darajali 5 balli magnit bo`roni kuzatilmoqda. Mutaxassislarning ma`lumotiga ko`ra, magnit bo`ronining G3 darajasi tush paytiga qadar davomli kuzatilib, keyin "passivroq" holatga qaytadi.

Shifokorlar magnit bo`ronlari paytida ayrim qoidalarga rioya qilishni maslahat berishmoqda:

Gipertonik bemorlar ko`proq suv ichishi va tuz iste`molini kamaytirishi kerak, chunki tuz tanadagi suyuqlikni ushlab turadi va bosimning oshishiga olib keladi. 

Shuningdek, magnit bo`ronlari paytida tinchlantiruvchi damlama qabul qilish, jismoniy faoliyatni cheklash, etarlicha uxlash, to`g`ri ovqatlanish, sport bilan shug`ullanmaslik tavsiya etiladi.
Qonning ivishi va trombositlar faoliyatining kuchayishi qonni suyultiradigan vositalarni qabul qilishni taqozo etadi. Lekin har qanday holatda ham shifokor bilan maslahatlashish zarur.

Ob-havo sharoitlari ta`sirini minimallashtirish uchun doimo salomatlikni yaxshilash muhimdir. Buning uchun esa: "Nafaqat dori-darmonlardan foydalaning, balki jismoniy tarbiya bilan shug`ullaning, ish va dam olish tartibini to`g`ri tashkil qiling, muvozanatli ovqatlaning", — deya xulosa qildi shifokor.

Xususan, bunday paytda ovqatlanish rasioniga alohida e`tibor qaratish va ko`proq suyuqlik ichish lozim. Ho`l mevalar, qolaversa, mayiz va turshak kabi kaliyga boy mahsulotlar, tarkibida C vitamini ko`p bo`lgan ne`matlardan iste`mol qilish zarur.

Statistik ma`lumotlarga ko`ra, insult, yurak xuruji va gipertonik kasalliklarning 70 foizi magnit bo`ronlari paytida sodir bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar