AsosiyJamiyat

Toshkent shahrining 10 ta markaziy ko`chalarida pullik “parkovka”lar bo`ladi

'Toshkent shahrining 10 ta markaziy ko`chalarida pullik “parkovka”lar  bo`ladi'ning rasmi

Toshkent shahrining 10 ta markaziy ko`chalarida yo`l bo`yi pullik to`xtash joylarini tashkil etish rejallashtirilmoqda. Bu haqda Toshkent shahar transport bosh boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.

Ma`lum qilinishicha, boshqarma tomonidan aholi o`rtasida o`tkazilgan «Toshkent shahrida avtotransport vositalari to`xtash joylari va muammolari to`g`risida»gi so`rovnomaga ko`ra, ishtirok etgan 8368 nafar qatnashchidan 8117 nafari, yani 97 foizi yo`l bo`yida noto`g`ri to`xtash tufayli harakatlanishda qiyinchiliklarga duch kelganini aytgan.

Shu asnoda Prezidentning 2022 yil 2 fevraldagi "Toshkent shahar jamoat transporti tizimini yanada rivojlantirishga doir qo`shimcha chora-tadbirlari to`g`risida"gi qaroriga muvofiq, 2022 yilda 10 ta markaziy ko`chada, ya`ni Glinka, Bratislava, Mirobod, Avliyo ota, Taras Shevchenko, Said Baraka, Moshtabib, Fidokor, Sodiq Azimov va Yakub Kolas ko`chalarida davlat-xususiy sheriklik asosida avtomobillarning avtomatlashtirilgan yo`l bo`yi pullik to`xtash joylarini tashkil etish belgilangan.

  1. Glinka ko`chasi — yo`l bo`yi avtomobil to`xtash joyi sig`imi 202 ta avtomobil joyi, parkomatlar soni 6 ta, imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ajratilayotgan joy 20 ta;
  2. Bratislava ko`chasi — yo`l bo`yi avtomobil to`xtash joyi sig`imi 84 ta avtomobil joyi, parkomatlar soni 2 ta, imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ajratilayotgan joy 8 ta;
  3. Mirobod ko`chasi — yo`l bo`yi avtomobil to`xtash joyi sig`imi 385 ta avtomobil joyi, parkomatlar soni 11 ta, imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ajratilayotgan joy 35 ta;
  4. Avliyo ota ko`chasi — yo`l bo`yi avtomobil to`xtash joyi sig`imi 150 ta avtomobil joyi, parkomatlar soni 4 ta, imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ajratilayotgan joy 15 ta;
  5. Taras Shevchenko ko`chasi — yo`l bo`yi avtomobil to`xtash joyi sig`imi 348 ta avtomobil joyi, parkomatlar soni 11 ta, imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ajratilayotgan joy 34 ta;
  6. Said Baraka ko`chasi — yo`l bo`yi avtomobil to`xtash joyi sig`imi 348 ta avtomobil joyi, parkomatlar soni 11 ta, imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ajratilayotgan joy 34 ta;
  7. Moshtabib ko`chasi — yo`l bo`yi avtomobil to`xtash joyi sig`imi 165 ta avtomobil joyi, parkomatlar soni 4 ta, imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ajratilayotgan joy 16 ta;
  8. Fidokor ko`chasi — yo`l bo`yi avtomobil to`xtash joyi sig`imi 120 ta avtomobil joyi, parkomatlar soni 6 ta, imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ajratilayotgan joy 12 ta;
  9. Sodiq Azimov ko`chasi — yo`l bo`yi avtomobil to`xtash joyi sig`imi 324 ta avtomobil joyi, parkomatlar soni 11 ta, imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ajratilayotgan joy 32 ta;
  10. Yakub Kolas ko`chasi — yo`l bo`yi avtomobil to`xtash joyi sig`imi 180 ta avtomobil joyi, parkomatlar soni 6 ta, imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ajratilayotgan joy 18 ta.

    Boshqa yangiliklar