8 sentyabr kuni Islom hamkorlik tashkiloti Bosh kotibi Iyad bin Amin Madani Toshkent shahriga tashrif bilan keladi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.
Bo`lajak uchrashuv va muzokaralarda joriy yilning oktyabr oyida Toshkent shahrida O`zbekiston raisligida bo`lib o`tadigan IHTga a`zo davlatlar tashqi ishlar vazirlari Kengashining 43 sessiyasiga tayyorgarlik masalalarini muhokama qilish rejalashtirilgan.