AsosiyDunyo

Rossiya Davlat dumasining kengashi O`zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov xotirasiga sukut saqlash bilan ochildi

Rossiya Federasiyasi Davlat dumasi MDH tashkil topganiga bag`ishlangan “ochiq tribuna” kengashini joriy yilning 2 sentyabr kuni vafot etgan O`zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov xotirasiga bir daqiqa sukut saqlash bilan boshladi, deya xabar beradi RIA Novosti.

“Bir hafta oldin O`zbekiston Prezidenti hayotni tark etdi. U O`zbekistonni suveren va mustaqil davlatga aylanishida o`zining katta hissasini qo`shdi… Men yig`ilishimizni bir daqiqa sukut saqlab, Islom Abdug`anievich Karimovning xotirasini yod etishdan boshlashni taklif etaman”, — dedi Rossiya Davlat dumasi spikeri Sergey Narishkin.

O`zbekistonning Birinchi Prezidenti juma kuni insultdan 78 yoshida vafot etdi. U shanba kuni o`zi tug`ilib o`sgan Samarqand shahriga dafn etildi.

Boshqa yangiliklar