AsosiyJamiyat

O`zbekistonda byudjet mablag`larini talon-toroj qilish yildan-yilga oshib bormoqda

'O`zbekistonda byudjet mablag`larini talon-toroj qilish yildan-yilga oshib bormoqda'ning rasmi

Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi tomonidan 2022 yilning 9 oyi davomida o`tkazilgan nazorat tadbirlari natijasida jami 704,9 mlrd so`mlik byudjet mablag`lari noqonuniy va maqsadsiz sarflangan. Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida qayd etildi.

Bundan ko`rinib turibdiki, har bir vazirlik va idoralarda tashkil etilgan Ichki-audit boshqarmasi tomonidan xavflarni aniqlash va ularning oldini olish, ularning natijalarini tahlil qilish va doimiy nazorat qilish ishlari to`g`ri tashkil etilmagan. 

Buning natijasida byudjet mablag`larini o`zlashtirish yoki noqonuniy sarflash holatlari kamaymasdan yildan-yilga oshib bormoqda. Shu sababli xalq vakillari tomonidan vazirlik va idoralarning Ichki-audit boshqarmasini qayta ko`rib chiqish, xodimlarini o`qitish, ularning salohiyatini oshirish va nazorat qilish ishlarini muvofiqlashtirish yuzasidan o`z takliflarini bildirishdi.

 

    Boshqa yangiliklar