AQSh Ukrainaga etkazib berigan harbiy yordam oqibatida bo`shab qolgan omborlarini to`ldirish uchun qurol sotib olish jarayonini tezlashtirdi. Bu haqda Pentagon rahbari yordamchisi Duglas Bush ma`lum qildi, deya xabar berdi zamon.uz.
Uning so`zlariga ko`ra, AQSh hukumati so`nggi oylarda harbiy sanoat kompaniyalari bilan 2.6 milliard dollarlik shartnoma imzolagan. Birgina oktyabr oyining ikkinchi yarmida tuzilgan bitimlar 1 milliard dollarlik raketa va o`q-dori etkazib berishni ko`zda tutadi.
Duglas Bush 3 may kuni AQSh armiyasi qurol omborlarini to`ldirish uchun dastlabki mablag`larni qabul qilganini qayd etgan. Shundan keyin qurolli kuchlar deyarli har hafta byudjetdan katta miqdorda pul olib turgan.