Shovot tumani hokimi Artiqov Odilbek intizomiy jazoga tortildi bu haqda Xorazm viloyati hokimining farmoyishi e`lon qilindi.
"Ish faoliyati davomida o`ziga yuklatilgan vazifalarni lozim darajada bajarmasdan, xizmat intizomini buzganligi uchun Shovot tumani hokimi Artiqov Odilbek Sadullaevichga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksining 181-moddasiga asosan “Hayfsan” intizomiy jazo chorasi qo`llanilsin", deyiladi rasmiy hujjatda.
Asos qilib Xorazm viloyati prokuraturasining 2022 yil 16 noyabrdagi intizomiy javobgarlik to`g`risida ish qo`zg`atish haqidagi qarori va O.Artiqovning tushuntirish xati keltirilgan.






