AsosiyJamiyat

Toshkentda ayrim avtobuslarning harakati vaqtinchalik cheklandi

'Toshkentda ayrim avtobuslarning harakati vaqtinchalik cheklandi'ning rasmi

Toshkent metropolitenining er usti halqa yo`nalishini navbatdagi bosqichini qurish ishlari doirasida THAY bo`ylab “Qo`yliq 1-mavzesi” so`nggi bekati tomonga kirish yo`li qismida qurilish-montaj ishlarini olib borilishi sababli avtotransport vositalarining harakati vaqtinchalik cheklandi. Bu haqda “Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmati e`lon berdi. 

Shu munosabat bilan, 2022  yil 23 noyabrdan boshlab, mazkur ko`chalardan harakatlanuvchi 15-,119- va 185-sonli avtobus  yo`nalishlarining harakatiga quyidagicha o`zgartirish kiritilgan:

  • 15-sonli “Qo`yliq 1-mavzesi - Do`stlik metrosi” avtobus yo`nalishining harakati “Qo`yliq-1 mavzesi” bekatidan Munis, Farg`ona yo`li, Qo`yliq Ota, THAY ko`chalari orqali “Qo`yliq dehqon bozori” bekatigacha va o`z yo`nalishini davom ettirgan holda;

 

  • 119-sonli “Qo`yliq 1-mavzesi – Yunusobod dehqon bozori” avtobus yo`nalishining harakati THAY bo`ylab “Qo`yliq-4 mavzesi” bekatigacha uzaytirilgan holda;

 

  • 185-sonli “Qo`yliq 1-mavzesi – Barkamol mahallasi” avtobus yo`nalishining harakati to`g`ri yo`nalishda “Qo`yliq-1 mavzesi” bekatidan Munis, Farg`ona yo`li, Qo`yliq Ota, THAY ko`chalari orqali “Qo`yliq dehqon bozori” bekatigacha va o`z yo`nalishini davom ettirgan holda, qaytish yo`nalishida Bektemir ko`chasidan Farg`ona yo`li, Munis ko`chalari orqali “Qo`yliq-1 mavzesi” bekatigacha tashkil etilganligi ma`lum qilindi.

 

 

    Boshqa yangiliklar