AsosiyJamiyat

O`zbekistonda har 4 chaqaloqdan faqat bittasi 6 oygacha faqat ona suti bilan oziqlanadi - "Statqo`m"

'O`zbekistonda har 4 chaqaloqdan faqat bittasi 6 oygacha faqat ona suti bilan oziqlanadi - "Statqo`m"'ning rasmi

40 % ayollar tug`ruqdan so`ng bir soat ichida farzandini ko`krak suti bilan oziqlantirgani ta`kidlandi.

Bu haqda Davlat statistika qo`mitasi tomonidan Milliy matbuot markazida O`zbekistonda o`tkazilgan Multiindikator klaster kuzatuvlari natijalariga bag`ishlangan matbuot anjumanida ma`lum qilindi.

Kuzatuv natijalariga ko`ra:

— har 4 chaqaloqdan faqat bittasi (25 %) 6 oygacha faqat ona suti bilan oziqlangan;

— 21 % tug`ruqlar kesarevo jarrohlik amaliyoti yordamida amalga oshirilgan;  

— 5 yoshgacha bo`lgan 7 % bolalarning bo`yi o`sishdan ortda qolgan. Bu ko`rsatkich 2006 yilgi kuzatuv natijalariga (14,6 %) nisbatan 2 barobarga pasaygan;

— kuzatuv o`tkazilgan uy xo`jaliklarida bolalarning 3 %i biologik ota-onalari bilan yashamaydi;

— ortiqcha vazn 5 yoshgacha bolalarning 5 %ida (o`g`il bolalar 5 %, qiz bolalar 4 %) kuzatilmoqda. 2006 yilda o`tkazilgan MIKS kuzatuvida bu ko`rsatkich 7 %ni tashkil etgan.

    Boshqa yangiliklar